Dermazol® Plyus
soch shampuni

QAZG‘OQQA qarshi uch taraflama ta'sir

Ko‘rsatmalar

Kepaklanuvchi temiratki

Kepaklanuvchi temiratki – bu terining zamburug‘li kasalligi bo‘lib, terida yaqqol ifodalangan yallig‘lanish kuzatilmaydi

Kepaklanuvchi temiratki

Terining ko‘rinib turadigan yallig‘lanish reaksiyalarini keltirib chiqarmaydigan zamburug‘li teri kasalligi qipiqsimon temiratki deb ataladi. Kasallik keratomikoz kasalliklar turkumiga kiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – Phitosporum orbiculare zamburug‘i teri qoplamining yuqori qatlamlarida, xususan, muguz pardada parazitlik qilib yashaydi. Turining qipiqsimon temiratkiga sezgir bo‘lgan eng zaif joylari ko‘krak qafasi, kurak-bel va qo‘ltiq terisi sohalari hisoblanadi. Agar kasallik uzoq vaqt davomida davolanmasa, yelkalariga, qorin va sonlarga ham o‘tishi mumkin. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, aholining taxminan 5-10 foizi qipiqsimon temiratkidan aziyat chekmoqda. Qipiqsimon temiratkida sariq rangdagi toshmalar paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda yallig‘lanish joylari to‘q jigarrang rangga kiradi. Zamburug‘ birinchi navbatda epidermisning shoxsimon qavatini zararlaydi, bu esa qipiqsimon temiratkidan zararlangan teri sohalarining sho‘ralashiga olib keladi. Teri qirilganda, bu qipiqqa uxshash tangachalar osongina ajratilib chiqadi, lekin tez-tez yuvganda ular deyarli ko‘zga ko‘rinmaydi. Ultrabinafsha nurlanish ta’siri ostida terining zararlangan joylari kuchli sho‘ralaydi. Bu usul ba’zi hollarda bemorning to‘liq davolanishiga yordam beradi.

Qazg‘oq

Dunyodagi har ikkita odamning bittasi hayotida hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham qazg‘oq muammosiga duch keladi.

Qazg‘oq

Dunyodagi har ikkita odamning bittasi hayotida hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham qazg‘oq muammosiga duch keladi. Sayyorimizdagi har ikkinchi odam hayotida kamida bir marta qazg‘oq muammosiga duch keladi. Qazg‘oq paydo bo‘lishining sabablari Qazg‘oq uchta omilning uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladi:

  • Terimizda yashaydigan Malassezia globosa nomli mikroorganizm
  • Bosh terisininn sebum deb ataladigan tabiiy yog‘i
  • Bosh terisining sezuvchanligi
Malassezia drojjisi bosh terisi subemini olein kislotagacha parchalaydi. Bosh terisining ushbu kislota ta’siriga sezgirligi oshgan taqdirda – bu esa dunyo aholisining 50 foizida kuzatiladi – qo‘zg‘alish holati yuzaga keladiki, uning belgisi qazg‘oqdi Qazg‘oq qachon paydo bo‘ladi? Qazg‘oq odatda balog‘at yoshida paydo bo‘ladi, bu davrda gormonal o‘zgarishlar yuzaga kelib, yog‘ bezlari sekreti yanada intensiv ishlab chiqarila boshlaydi. Natijada, qazg‘oq paydo bo‘lishining asosiy sababi bo‘lgan Malassezia globosa mikroorganizmi uchun boy ozuqa muhiti yaratiladi. Ammo qazg‘oq gormonal o‘zgarishlar tufayli boshqa davrlarda ham paydo bo‘lishi mumkin: kattalarda yoki stress ta’siri ostida. Qazg‘oq belgilari Qazg‘oq paydo bo‘lganining eng oddiy ko‘rsatkichi - bu yelkada terining oq qipiqchalari kuzatilishi hisoblanadi, ammo boshqa belgilar ham mavjud:
  • Qichishish
  • Qizarish
  • Bosh terisi quruqshashi
U sezuvchan bosh terisining qazg‘oq paydo bo‘lishiga olib keladigan mikroorganizmga qarshi reaksiyasi sifatidagi qo‘zg‘alishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Qazg‘oqdan qanday qutulish mumkin Yaxshiyamki, qazg‘oq, oq qipiqchalar va bosh terisining quruqligi bilan kurashish oson. Barcha alomatlarni yo‘q qilish uchun sochlarni qazg‘oqka qarshi samarasi tasdiqlangan shampun bilan yuvish kifoya. Muayyan alomatlarga, soch turiga va kutilayotgan natijaga qarab qo‘llash mumkin bo‘lgan shampunlar turi juda ko‘p - ular sochlarni yanada qalinroq, hajmdorroq yoki silliqroq va mayinroq qilishga yordam beradi. Ularning barchasida faol modda sifatida sink piritioni mavjud bo‘lib, muntazam foydalanilganda uning qazg‘oqka qarshi samarasi ko‘plab klinik sinovlarda isbotlangan.

Seboreya

Seboreya yoki seboreid – bu surunkali kasallik bo‘lib, ko‘proq terining ayrim qismlarini zararlaydi

Seboreya

Seboreya yoki seboreid – surunkali kasallik bo‘lib, asosan terining yog‘ bezlari bilan boyitilgan joylariga ta’sir ko‘rsatadi, bular: bosh terisi, burun-lab va quloq supasining orqa burmalari, ko‘krak, ko‘z qovoqlari chetlari, kuraklar o‘rtasidagi sohalar kabilardir. Zararlangan sohalar halqasimon ko‘rinishdagi shakllarni hosil qiladi. Kasallik zararlangan sohalardagi po‘st tashlash, yallig‘lanish, achishish va qichishish bilan kechadi. Seboreyali ekzema avvaliga bosh terisida paydo bo‘ladi, keyin esa kurak, ko‘krak va yuzga tarqaladi. Ekzemaning bu shakli zararlangan sohalar o‘tkir chegaralarining mavjud emasligi, kuchli suvlanganlik, doimiy qichishishning bo‘lishi hamda yog‘li teri qipiqlarining qatlam-qatlam bo‘lmasligi bilan tavsiflanadi. Seboreid ko‘pincha immunitet tizimining keskin pasayishi bilan birga kuzatiladi. Shuningdek, seboreyali ekzema seboreyali dermatit bilan og‘rigan bemorlarda ham paydo bo‘ladi. Hozirgi vaqtda olimlar seboreyali ekzemaning gaymorit, otit mediasi, ichak traktining surunkali kasalliklari va nevrologik buzilishlar o‘rtasidagi bog‘liqligi haqida bosh qotirmoqda.

Problematika

Malassezia zamburug‘i

Qazg‘oq – bu terining zamburug‘li kasalligi bo‘lib, shartli-patogen mikrofloraning (Malassezia turidagi lipofil zamburug‘lar) haddan ziyod faolligi sababli yuzaga keladi va jiddiy teri kasalliklarini keltirib chiqaradi, hamda sochlarning to‘kilishiga sabab bo‘ladi

Qazg‘oq va seboreyaning yuzaga kelish mexanizmlari
  • Malassezia turidagi lipofil zamburug‘lar

    + teri yog‘i triglitseridlari va keratin lipidlari
  • Individual tartibda

    Yallig‘lanish, kepaklanish, qichishish

    terining to‘siq(baryer) funksiyasining zaiflashuvi
  • Asosiy qo‘llash nuqtasi

    Zamburug‘larning ko‘payishi uchun

    ozuqa muhiti
  • Terida ta'sirlanish

Dermazol® Plyus qanday ta'sir ko‘rsatadi

Zamburug‘larga qarshi tarkibiy qism

Zamburug‘larga qarshivosita, ikki taraflama ta’sirga ega:
aynan zamburug‘lar, uning sporalarini yo‘q qilishga va zamburug‘larning o‘sishi va ko‘payishini to‘xtatishga qaratilgan. Bosh terisining kepaklanishini va qichishishini tezda kamaytiradi.

Ruh
piritioni

Epidermisning ham yuza, ham chuqur qatlamlarida to‘plangan bakterial va zamburug‘li infeksiyalarni bartaraf etadi.
Epidermis hujayralariga antiproliferativ ta’sir ko‘rsatadi, bu esa terining kepaklanishi yo‘qotish uchun yuqori samarali ekanidan dalolatdir.

Aloe
vera

Sochlarni samarali namlantirishda, ularni vitaminlar va mikroelementlar bilan to‘yintirishda yordam beradi.
75 ta oziqlantiruvchi modda;
20 xil mineralni o‘z ichiga olgan 200 ta faol tarkibiy qism;
18 ta aminokislota;
12 xil vitamin

Qo‘llash usuli

Sochlarni namlang

Sochlarga va teriga shampun surting

3–5 daqiqa sochlarda qoldiring

Yuvib tashlang

Chiqarilish shakli

100 ml

Plyus

50 ml

Plyus

Savollar

Aytingchi, Dermazol® Plyus shampuni oddiy Dermazol® shampunidan nimasi bilan farq qiladi?

Yaxshilangan tarkibi tufayli Dermazol® Plyusni qo‘llash uchun ko‘rsatmalar yanada kengaydi, seboreya, seboreyali dermatitning surunkali, kuchayib boruvchi va asoratli ko‘rinishlarida hamda seboreyali ekzemada samarali; nafaqat zamburug‘larga, balki bakteriyalarga ham ta’sir ko‘rsatadi; terining shikastlangan qismlarini bitishiga, sochlarning samarali namlanishiga, ularning vitaminlar va mikroelementlar bilan to‘yinishiga yordam beradi.

Dermazol® Plyus shampuni tarkibida Aloe vera bor. U qanchalik ko‘p?

Dermazol® Plyus shampunining o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning tarkibiga naqd 2,5% quruq Aloe ekstrakti qo‘shildi, bu esa o‘simlikning davo xususiyatlaridan maksimal tarzda foydalanish imkonini beradi.
Aloening bunday konsentratsiyasi sochlar uchun nafaqat konditsioner sifatida ishlaydi, balki yallig‘lanish va qichishishlarni yo‘qotadi, terining shikastlangan qismlarining sog‘ayishiga yordam beradi.

Menda surunkali qazg‘oq va seboreyaga moyillik bor, shunday ekan men har kuni maxsus vositalardan foydalanishga majburman. Bunday holatda men Dermazol® plyus shampunidan qay tarzda foydalansam bo‘ladi?

Haqiqatan ham, terining muayyan turlarida va moddalar almashinuvi xossalarida muammoni bir paytda hal etib bo‘lmaydi. Sizning holatingizda esa, mutaxassis nazorati va tegishli tavsiyalar zarur.
Kasallik avj olgan davrda yo‘riqnomada qayd etilganidek, Dermazol® Plyusni 2 hafta davomida haftada 1-2 martagacha qo‘llash yetarli bo‘ladi. Kelgusida preparatdan profilaktika maqsadlarida 2 hafta davomida haftada 1-2 martagacha foydalanish mumkin. Preparatni qo‘llash oralig‘idagi interval 2 haftagacha bo‘lishi mumkin.

Aytingchi, agar men Dermazol® Plyusdan tez-tez foydalanadigan bo‘lsam, tezroq samara bo‘ladimi?

Dermazol® Shampunlari – bu dori vositalari seriyasi bo‘lib, tarkibida zamburug’ga qarshi kuchli moddalar mavjud. Bosh terisi va sochlarga surtilganda zamburug‘ning vegetativ shakllari tiklanmaydigan tarzda yo‘q qilinadi. Faqat ko‘pincha qaynatib ham faolsizlantirib bo‘lmaydigan sporalar qoladi. 2-3 kun o‘tgach, sporalar unib chiqadi va bu vaqtda ular shampun tarkibidagi moddalarga nisbatan zaif bo‘ladi.
Shunday qilib, infeksiyani to‘xtatish uchun tavsiya qilinadigan tartibi yetarlidir.
Biroq, bunda terining o‘ziga xos xususiyatlarini va zamburug‘ sporalari bilan qayta zararlanish ehtimolini hisobga olish kerak (bosh kiyimlari, yostiqlar, taroqlar –kundalik maishiy omillarga e’tibor qaratishni istisno qilib bo‘lmaydi). Individual xususiyatlar va holatlarni e’tiborga olishda muntazam shifokor nazoratida bo‘lish yordam beradi.

Menda surunkali qazg‘oq bor va doimiy tarzda maxsus vositalardan foydalanishga majburman. Dermazol®Plyusdan foydalanish men uchun qanchalik tejamli bo‘ladi?

Ko‘p holatlarda Dermazol® Plyusdan ikki hafta davomida ikki martadan ko‘p bo‘lmagan tarzda foydalanish tavsiya qilinadi, shuningdek, profilaktika maqsadlarida foydalanish kurslari orasidagi intervalni ham saqlash talab etiladi.

Shunday qilib, to‘g‘ri foydalanilgan taqdirda, 100 ml li flakon 5-6 oyga yetadi.

Mutaxassislar uchun ma'lumot

Sog‘liqni saqlash xodimi yoki tibbiyot mutaxassisi ekaningizni tasdiqlang.

Qayerdan xarid qilish mumkin?

Apteka.uz va arzonapteka.uz maxsus servislari yordamida Dermazol® Plyusni o‘zingizga eng yaqin dorixonadan oson topishingiz va sotib olishingiz mumkin.